• Nomi: Nutqing bilan ilhomlantir
• Muallif: Akash Kariya
• Janri: Psixologiya, Nutq madaniyati, Kommunikatsiya, Amaliy qo‘llanma
• Yosh chegarasi: 16+
• Muqova: Yumshoq
• Sahifalar soni:122
Akash Kariya nutq san’ati va kommunikatsiya bo‘yicha eng mashhur mutaxassislardan biridir. Ushbu kitobida u TED Talks minbarida chiqish qilgan eng yaxshi spikerlarning tajribalarini umumlashtiradi. Kitobda taqdimot davomida tinglovchilarning diqqatini ushlab turish, oddiy hikoyani kuchli vositaga aylantirish, hissiyot va faktlarni uyg‘unlashtirish usullari o‘rgatiladi. “Nutqing bilan ilhomlantir” biznes uchrashuvlari, taqdimotlar, ommaviy chiqishlar yoki shunchaki samarali muloqot uchun amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Har bir qoidada aniq misollar va oddiy texnikalar keltirilgan bo‘lib, ular orqali siz ham kuchli va ta’sirchan notiq bo‘lishingiz mumkin.

