Mening oddiy rejam bor: "Royal Elite" maktabini bitirish va orzuimdagi universitetga kirish.
Ammo "Qirol"ning birgina nigohi rejamni havoga sovurib yuboradi. Birgina nigoh — va u nafasimni bo‘g‘ib qo‘yadi.
Birgina nigoh — va u menga go‘yo o‘lim hukmini o‘qiydi. Uning ilk so‘zlari hayotimni tuzatib bo‘lmas tartibsizlikka yetaklaydi.
"Men seni yo‘q qilaman". Eyden Kingning bor-yo‘g‘i qora rangga yo‘g‘rilgan.
Qora tafakkur. Qora yurak. Qora ruh.
Jim yurib, qolgan vaqtimni shunchaki o‘tkazib yuborishim kerak edi.
Ammo bunga kuchim yetmadi. Taxtdagi Qirolni bezovta qilib, ortga qaytarib bo‘lmas xatoga yo‘l qo‘ydim.
Iblisni uning o‘z Do‘zaxida g‘azablantirdim. Endi esa buning badalini to‘layman.
Eyden Kingning nafratiga uchrash — xavfli. Ammo uning istagiga aylanishmi? Bu — o‘lim bilan barobar.

