Qashshoqlik nima? Nochor yashashning aybdori kim? "Pulni topish juda qiyin, uni bilib sarflash hammasidan ham qiyin” degan xalq hikmatini qanday tushunasiz? Farovonlikka erishishning porloq yoʼli bormi? АQShlik yozuvchi Jorj Samuel Kleyson qalamiga mansub "Vavilonlik boy” asarida ana shu savollarga javob izlanadi. 1926 yilda chop etilgan ushbu asar moliyaviy omadga erishish usullarini oʼrgatuvchi pamfletlar seriyasidan oʼrin olgan kitob boʼlib, u banklar va sugʼurta kompaniyalari orasida juda tez tarqalib, millionlab oʼquvchilarning olqishiga sazovor boʼlgan. Аytishlaricha, ushbu kitobni barcha millionerlar oʼqib chiqishgan.

