Moliyaviy savodxonlik asoslari bo‘yicha dunyodagi eng asosiy va mashhur kitob bo‘lib, o‘nlab tillarga tarjima qilingan va O‘zbekistonda yuqori sifatli qattiq muqovada nashr etilgan. Jorj Kleyson pulning asosiy qonunlarini qadimiy va gullab-yashnayotgan Bobil shahri haqidagi qiziqarli hikoyalar shaklida taqdim etib, moliyaviy muammolarning genial yechimini taklif etadi. Boylikning asosiy qoidalari oddiy va ming yillar davomida o‘zgarmagan: "har qanday daromadingning kamida 10 foizini yig‘ib qo‘y," "xarajatlaringni nazorat qil," "oltiningni ishlat (investitsiya qil) " va "kapitalingni yo‘qotishlardan asra." Kitob juda yengil tilda yozilgan bo‘lib, uni maktab o‘quvchilari ham, kattalar ham o‘qishi shart.

