«Vasatiyya - hayot yo'li» kitobi taniqli islom olimi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining islomdagi mo'tadillik va bag'rikenglik tamoyillariga bag'ishlangan muhim asarlaridan biridir. Kitobda islom dinining asosiy ustunlaridan bo'lmish «vasatiyya» (mo'tadillik va o'rtachilik) tushunchasining mazmun-mohiyati Qur'oni Karim oyatlari va hadisi shariflar asosida keng tushuntiriladi. Muallif jamiyatda uchraydigan mutaassiblik, g'uluv hamda beparvolik kabi illatlardan saqlanish yo'llarini ko'rsatib, to'g'ri e'tiqod va ma'rifatli hayot kechirish mezonlarini bayon etadi.

