2005-yil may oyida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Quvaytda bo‘lib o‘tgan "Vasatiya (mo‘tadillik) - hayot yo‘li" mavzusidagi xalqaro islom ilmiy anjumanida ishtirok etdi. Bunday mavzudagi forumning asosiy maqsadi yoshlarning to‘g‘ri yo‘ldan adashib, adashgan oqimlarga qo‘shilib ketayotgani, dinda haddan oshishga yo‘l qo‘yilayotgani, mutaassib g‘oyalarga berilayotgani kabi dolzarb masalalarni muhokama qilishdan iborat edi. Shayx anjuman materiallarini umumlashtirib, muhim ma’lumotlar bilan to‘ldirib, ushbu kitobda taqdim etdi.

