Qo‘llanma "Yurisprudensiya" mutaxassislik imtihon fani sifatida kiritilgan oliy o‘quv yurtlarining yuridik yo‘nalishlariga kiruvchi abituriyentlarning chuqur amaliy tayyorgarligiga yo‘naltirilgan. Variantlar bo‘yicha tuzilgan topshiriqlar davlat, fuqarolik va jinoyat huquqi normalariga oid nazariy bilimlarni mustahkamlash, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda davlat test imtihonlarini topshirishga samarali tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi. Kitob litsey va maktablarning huquq fani o‘qituvchilariga ham oraliq bilim nazoratini o‘tkazish uchun tavsiya etilgan.

