Vanna xonangizdagi bo‘sh burchakdan unumli foydalaning! Ushbu 4 qavatli burchak stoyka vanna jihozlarini qulay va tartibli saqlash uchun mo‘ljallangan.
Stoykaning balandligi 100 sm dan 320 sm gacha sozlanadi, shu sababli uni turli xil xonalarga moslashtirish mumkin. Mustahkam metall konstruksiya barqarorlikni ta'minlaydi va umumiy hisobda 15 kg gacha yuk ko‘tara oladi.
4 ta keng polkaga shampun, sovun, dush geli, kremlar va boshqa kerakli buyumlarni joylashtirishingiz mumkin.
Yuqori qismida sochiq va mochalka osish uchun maxsus plastik ilgich ham mavjud. Burchakka o‘rnatilishi tufayli ortiqcha joy egallamaydi va vanna xonasini yanada tartibli ko‘rsatadi.

