Valentin Yelizaryevning baletlari uzluksiz harakatga, musiqiy-xoreografik obrazlarning polifoniyasiga, plastikaning majoziyligi va xilma-xilligiga, alohida sahnalarning taqqoslanishi, kontrasti va uyg‘unligiga, spektaklning barcha tarkibiy qismlarining birligiga asoslangan balet dramaturgiyasining yangi turini shakllantirdi. Atoqli xoreograf o‘zining ijodiy uslubi, spektaklning yaratilish jarayoni - g‘oyadan to premyeragacha bo‘lgan davr haqida so‘zlab beradi. Kitob muallifi Valentin Yelizaryev bilan birga o‘qigan va ishlagan jahon san’ati yulduzlari bilan suhbatlashdi. Kitobda Mixail Barishnikov, Boris Eyfman, Rodion Shchedrin, Genrix Mayorov, Nina Ananiashvili, Andris Liyepa va boshqalar uning baletlari qanday paydo bo‘lgani, balet san’atining mohiyati va ijodining tabiati haqida so‘z yuritishadi.

