Ushbu zamonaviy va ishonchli vakuumli termos kundalik hayot, ish, o'qish, sport mashg'ulotlari va uzoq safarlar uchun mukammal tanlovdir. Yuqori sifatli 304 rusumli zanglamaydigan po'latdan yasalgan bo'lib, ichimliklarning ta'mi va hidini o'zgartirmaydi, organizm uchun mutlaqo xavfsiz.
Ikki qavatli vakuumli devorlari tufayli sevimli choy yoki kofe issiqligini, yoz kunlarida esa salqin ichimliklarning muzdek holatini uzoq vaqt saqlab beradi. Maxsus klyuchkali (qulflanadigan) germetik qopqog'i suyuqlikning sumkada yoki ryukzakda oqib ketishining oldini oladi.

