Rasululloh alayhissalomni tanish va sunnatlariga ergashish dinimiz asosi va tayanchlaridan biridir. Shu bois u zotning hayotlari va siyratlarini o‘rganish va bilish har bir mo‘min-musulmon kishi zimmasidagi muhim vazifadir. Bu iymonni charxlaydi, axloqni sayqallaydi, qanday yashashni o‘rgatadi.
«Shamoilul Mustafo» kitobi siyratga oid boshqa asarlardan o‘z uslubi va bayon yo‘nalishi bilan alohida ajralib turadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nasablariga oyatlarda qanday ishoralar borligi, Alloh taoloning O‘zi u zotni qanday ulug‘lagani, bu ulug‘lash Qurʼoni Karimda qanday o‘z ifodasini topgani va boshqa masalalar oyat va hadislar bilan bog‘lab isbotlangan.
Ishonamizki, ushbu kitob ham aziz siyrat muxlislarining sevimli hamrohlaridan biriga aylanadi.

