VAGENES Chiqarilish shakli: vaginal suppozitoriylar Guruhi: Gigiyenik vosita 1 ta suppozitoriy (shamcha) tarkibida: Faol modda: Xlorgeksidin biglyukonat – 16 mg (20% li eritmadan qayta hisoblab — 85,2 mg). Yordamchi moddalar: Gialuronat natriy, aloe vera quruq extrakti, vitamin E, makrogol.Ta’siri: Intravaginal qo‘llanganda deyarli so‘rilmaydi, umumiy (sistemali) ta’sir ko‘rsatmaydi. Xlorgeksidin – mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan antiseptik vosita. U oddiy grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, viruslarga, jumladan: Treponema pallidum, Chlamidia spp., Ureaplasma spp., Neisseria gonorrhoeae, Trichomonas vaginalis, Gardnerella vaginalis, Bacteroides fragilis, Herpes simplex virusining 2-turiga qarshi faollashadi. Ba’zi Pseudomonas spp., Proteus spp. shtammlari preparatga nisbatan past sezuvchanlikka ega, shuningdek kislotalarga chidamli bakteriyalar, sporali bakteriyalar va zamburug‘lar chidamli hisoblanadi. Xlorgeksidin laktobakteriyalarning funksional faolligiga ta’sir qilmaydi. Qon, yiring yoki boshqa biologik suyuqliklar ishtirokida ham (biroz pasaygan bo‘lsa-da) faolligini saqlaydi. Natriy gialuronat shilliq qavatni namlaydi va regeneratsiyani ta'minlaydi. Aloe vera ekstrakti (quruq) yumshatuvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega. E vitamini antioksidant ta'sirga va qo'shimcha namlash hususiyatiga ega. Qo‘llanilishi:– Ayollarda kunlik intim gigiyena uchun;– Vaginadagi shilliq qavat mikroflorasi o‘zgarishi, noqulaylik va ajralmalar paydo bo‘lishida parvarishlash;– Hayz ko‘rish vaqtida va undan keyin shilliq qavatni tozaligi va fiziologik holatini saqlab turish;– Suv havzalari, saunalar yoki umumiy sanitariya zonalariga tashrif oldidan gigiyenik parvarish;– Intim yaqinlikdan keyingi qo‘shimcha gigiyena. Qo‘llash usuli va dozalash: Intravaginal. Suppozitoriyni konturli o‘ramidan chiqarib, yotgan holatda uni vaginaga chuqurroq kiritish kerak.– Gigiyenik parvarish uchun: 1 kuniga 1 suppozitoriy (afzalroq kechasi).– Zarurat tug‘ilganda – kuniga 2 martagacha.– Intim yaqinlikdan so‘ng – 2 soatdan kechiktirmay. Qo‘llash davomiyligi individual belgilanadi. Doimiy qo‘llash talab qilinmaydi. Homiladorlik va emizish davri: Homiladorlikda va emizish davrida Xlorgeksidin faqat onaga bo‘lgan foyda, homila yoki chaqaloq uchun xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:– Yosh bolalarda;– Vosita tarkibidagi komponentlarga yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik, emizish davri. Yon ta’sirlari: Kamdan kam hollarda:– Mahalliy allergik reaksiyalar. Nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa, qo‘llashni to‘xtatish va kerak bo‘lsa shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi. Maxsus ko‘rsatmalar:– Faqat intravaginal qo‘llash uchun.– Hayz davrida qo‘llash mumkin.– Noqulaylik, qichishish yoki ajralmalar paydo bo‘lsa – qo‘llashni to‘xtating.– Transport boshqarishga ta’sir qilmaydi.– Homiladorlikdan saqlovchi vosita emas.– Boshqa vositalar bilan birga qo‘llaganda – mutaxassis bilan maslahatlashish lozim. Saqlash sharoitlari: Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, +20 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati: 2 yil.
Gigiyenik vosita. Dori vositasi emas.

