Dunyodagi eng kuchli va eng betakror qiz bilan tanishishni istaysizmi? Uning aql bovar qilmas sarguzashtlariga guvoh bo‘lishni-chi? Unda, keling, sizni Uzunpaypoq Peppi bilan tanishtiramiz!
Peppi hech kimga o‘xshamagan, yerga ursa osmonga sapchiydigan, sarguzashtsevar, serg‘ayrat, umuman olganda, ajoyibu g‘aroyib qiz. Mazkur kitob esa sizga ana shu g‘aroyib qizaloq- Peppi haqida hikoya qiladi.
Aytgancha, kitob ilk bor o‘zbek tilida taqdim etilmoqda va albatta u barchangizga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.
Nashriyot: Zabarjadmedia
Tarjimon: Shohrux Usmonov
Muqova: Yumshoq

