«Uzum Noldan Natijagacha» — Uzum Marketda savdo qilish bo‘yicha amaliy qo‘llanma.
Kitob muallifi Amir Yuldashev. Ushbu kitob Uzum Marketda savdoni boshlashni, mahsulotlarni to‘g‘ri joylashtirishni va savdoni bosqichma-bosqich rivojlantirishni istaganlar uchun tayyorlangan.
Kitobda marketplace savdosining muhim bosqichlari sodda va tushunarli tarzda yoritilgan. O‘quvchi mahsulot tanlash, mahsulot kartochkasini tayyorlash, nom va tavsif bilan ishlash, narx belgilash, savdoni tahlil qilish va natijalarni yaxshilash bo‘yicha foydali ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Kitob kimlar uchun?
• Uzum Marketda savdoni noldan boshlamoqchi bo‘lganlar
• Yangi sellerlar
• Savdosi bor, lekin natijasini yaxshilamoqchi bo‘lgan sotuvchilar
• Marketplace va elektron tijoratga qiziqadiganlar
• O‘z biznesini internet orqali rivojlantirmoqchi bo‘lganlar
«Uzum Noldan Natijagacha» nazariy ma’lumotlardan tashqari, marketplace savdosini yaxshiroq tushunishga yordam beradigan amaliy qo‘llanma sifatida yaratilgan.
Muallif: Amir Yuldashev
Yo‘nalish: biznes, marketplace, marketing va savdo
Til: o‘zbek tili


