Mis asosli uzuk, ustidan 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Pushti tus odatdagi sariqdan iliqroq va oq tanga ham, bugdoy rang teriga ham yumshoq yarashadi. Model juftlashtirishga qulay: uni nomsiz barmoqqa yolgiz taqish yoki ingichka uzuk bilan yonma-yon qoyib, bitta qolda ikki qavatli tartib hosil qilish mumkin. Qoplama uzoq xizmat qilishi uchun hovuz, uy tozalash va uyqu oldidan yechib turing. Boshqa taqinchoqlar bilan aralashtirib tashlamang, ishqalanish iz qoldiradi. Quruq salfetka bilan artib qoysangiz kifoya.

