Jez uzuk, ustidan 18 karat oq tilla yugurtirilgan, atrofida fianit toshlari terilgan. Qoplama kumushrang tusda, shuning uchun bezak jiddiy va tartibli chiqadi. Sovuq ranglardagi kiyim, jinsi va ish liboslari bilan yaxshi uygunlashadi. Xuddi shunday ochiq ohangdagi ziraklar bilan taqilsa, komplekt yaxlit seziladi. Namlik va ishqalanish qoplamaga zarar beradi: dush hamda uy yumushlaridan oldin yechib qoying, taqib bolgach quruq mato bilan arting, alohida xaltachada saqlang.

