• Janr: Ruhiy-falsafiy asar, o‘zini anglash adabiyoti
• Mavzu: Nafs, vijdon, iymon va insonning ichki kurashi
• 📖 Asar haqida “Uzoq tuzoqlar” — insonning o‘z nafsi bilan kurashi va vijdoni bilan yuzma-yuz kelishi haqida yozilgan chuqur ma’noli asar. Kitob o‘quvchini o‘z hayoti, qilgan ishlari va tanlovlari haqida o‘ylashga undaydi.
• 👤 Asardagi voqea Hikoya markazida Janer ismli qahramon turadi. U og‘ir jarohat olib, o‘lim yoqasida qoladi. O‘rmon ichida unga bir kichkina bola yordam beradi.
• Nashriyot-Pir Nashr
• Sahifalar soni-86
• Muqova turi-yumshoq muqova
• Qog'oz turi-Oq, yuqori sifatli (Ofset)
• Til-O'zbek tili
• Muallif: Rizvon Oqlon
📚”Uzoq tuzoqlar” - nafs bilan suhbat haqidagi kitob
Menimcha, juda ko‘pchilik o‘z-o‘zi bilan tez-tez gaplashib turadi. Ba’zan vijdoni bilan gaplashadi, ba’zida iymoni bilan. Nafsi ila suhbat qilmoq ham ko‘p foydali ish. Kimsa o‘zini taftish etarkan, oldingidan yaxshiroq insonga aylanib boraveradi…
Shuning uchun ham adabiyotda, islom olamida o‘zi bilan suhbatlar; vijdoni, nafsi, iymoni bilan yuzlashtiradigan kitoblar alohida sevib o‘qiladi. Nafs bilan suhbat haqidagi "Men"ning qanday "xit" darajadagi o‘qilishi ham bu turdagi kitoblarga o‘zbek kitobxonining katta ehtiyoji bor ekanini ko‘rsatadi.
Rizvon Oqlonning "Uzoq tuzoqlar" asari ham ayni shu janrdagi kitob bo‘lib, unda ko‘proq vijdon bilan suhbat qilinadi. Qattiq jarohat olib, o‘lim yoqasida qolgan Janerga o‘rmon o‘rtasida kichik bolacha yordam beradi. U bilan uzoq suhbat qiladi.

