
Ushbu futbolka kundalik kiyish uchun juda qulay bo‘lib, barcha mavsumda bemalol kiyishga mos. Premium sifatli 100% tabiiy paxta matodan tayyorlanganligi sababli, tanaga yoqimli tegadi, yumshoq hissiyot beradi va kun davomida qulaylikni saqlab turadi. Mato nafas oluvchi bo‘lgani uchun havo yaxshi o‘tkazadi, terini bezovta qilmaydi va ayniqsa issiq kunlarda ortiqcha terlatmaydi. Shu sababli bu futbolka nafaqat chiroyli ko‘rinish, balki haqiqiy qulaylik izlaydiganlar uchun ham ayni muddao.
Modelning keng bichimi erkin harakatlanishni ta’minlaydi, tanani siqmaydi . Universal uslubi sababli futbolka ayollar va erkaklar uchun birdek mos.
Mahsulot sifati kundalik foydalanishda ham o‘zini yaxshi ko‘rsatadi: yuvilganda rangi o‘zgarmaydi, shaklini yo‘qotmaydi va cho‘zilib qolmaydi. Ya’ni futbolka bir necha marta yuvilgandan keyin ham o‘zining chiroyli ko‘rinishi va qulayligini saqlab qoladi. Bu esa xaridorga mahsulotni uzoq vaqt mamnuniyat bilan kiyish imkonini beradi.
Futbolka turli gavdaga mos kelishi uchun o‘lchamlar qatori keng tayyorlangan. Shu sababli har bir xaridor o‘ziga mos variantni bemalol tanlay oladi.
O‘lchamlar:
XXS (40), XS (42), S (44), M (46), L (48), XL (50), 2XL (52), 3XL (54)
Qisqacha afzalliklari:

