Tuzuvchilar ushbu o‘zbek-rus tillari lug‘atiga zamonaviy o‘zbek tilini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan 15 mingdan ortiq so‘z kiritishgan.
Lug‘at maktab, gimnaziya, litsey va kollej o‘quvchilari, oliy o‘quv yurti talabalari, shuningdek, keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan. U o‘zbek tilidagi badiiy, ilmiy-ommabop adabiyot matnlarini tushunishda, og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirishda, so‘z boyligini oshirishda qo‘l keladi.

