"O‘zbek uy oshxonasi" pazandachilik kitobida eng oddiy taomlardan tortib, murakkab va nafis taomlarni tayyorlash retseptlari jamlangan.
Nashrga an’anaviy o‘zbek taomlaridan tashqari, jahon oshxonasining mashhur taomlari retseptlari ham kiritilgan.
Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan: uy bekalaridan tortib professional oshpaz va qandolatchilargacha, mazali taomlar va pazandalik mahoratini qadrlaydigan barcha kishilargacha.

