Aziz o‘quvchi, qo‘lingizdagi mazkur testlar to‘plami abituriyent va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, milliy sertifikat imtihonlari hamda attestatsiya test sinovlariga tayyorlanish jarayonida sizga eng yaqin ko‘makchi bo‘la oladi.
Darhaqiqat, tilshunoslikka oid har bir mavzu bo‘yicha test savollari turli tiplar asosida tartiblangan bo‘lib, o‘quvchi tegishli bo‘limni alohida o‘zlashtirish orqali mavzuni chuqur va asosli tushunish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu yondashuv foydalanuvchiga chalkashliklarsiz izchil bilim olish imkonini beradi. To'plamdagi testlarni ishlash orqali o'zbek tili grammatikasini tushunish, test ishlash ko'nikmasini oshirish, shuningdek, mavjud bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishdek muhim malakaga ega bo‘lish imkoni mavjud.

