XX asr o'zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Asqad Muxtor ijodi serqirra va rang-barangligi, falsafiyligi bilan nafaqat adabiyotshunoslar, balki faylasuflarni ham o'ziga jalb etib kelmoqda.
"Tundaliklar" - muallifning tungi kechinmalari, fikr mulohazalari mahsuli. Ular yagona g'oyaviy-falsafiy yo'nalishga ega emas, ammo yozuvchining bedor qalbi, uyg'oq tafakkuri, tug'yonli kechinma-lari - barchasi mushtarak mo'jizalar - Odam va Olam bag'ridagi sir-sinoatlardan darak beradi, kitob-xonni teran xayolga toldiradi.
Asqad Muxtor - dunyo hikmatlarini mo'jizalar tarzida tuya oladigan va shunga monand ifoda qila oladigan qalamkash edi. "Tundaliklar" buning yorqin isbotidir.
Shuningdek, ushbu kitobdan adibning adabiyot va ijod, san'at va tarjimonlikka oid, o'ziga zamondosh atoqli ijodkorlar haqidagi maqolalar hamda yozuvchi, ijodkorlarning Asqad Muxtor haqidagi samimiy fikrlari o'rin olgan.

