Ushbu velotrenajyor uy sharoitida professional darajada shug‘ullanishni istagan foydalanuvchilar uchun ishlab chiqilgan zamonaviy kardio trenajyordir. Mustahkam po‘lat ramka yuqori yuklamalarga bardosh beradi, ergonomik tuzilishi esa uzoq vaqt davomida qulay mashq qilish imkonini beradi. Qurilma kundalik jismoniy faollikni oshirish, ortiqcha vazndan xalos bo‘lish, mushaklarni mustahkamlash va yurak-qon tomir tizimini chiniqtirish uchun mos keladi.
Qarshilik darajasi maxsus regulyator yordamida silliq tarzda sozlanadi, shuning uchun yangi boshlovchilar ham, tajribali sport ixlosmandlari ham o‘zlariga mos yuklamani tanlashlari mumkin. Yumshoq va balandligi sozlanadigan o‘rindiq, shuningdek, ergonomik rul turli bo‘y va vazndagi foydalanuvchilar uchun maksimal qulaylikni ta’minlaydi. Pedallardagi mahkamlovchi tasmalari mashg‘ulot vaqtida oyoqlarning sirpanib ketishining oldini olib, xavfsizlikni ta’minlaydi.
O‘lchami: 85 × 45 × 96 sm.

