• • Uy sharoitida mashq qilish uchun qulay
• • 12 xil rejimda ishlaydi
• • Kardio mashqlar uchun mos
• • Maksimal yuklama 150 kg
• • Mustahkam metall korpus
Uy sharoitida sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lganlar uchun velotrenajyor eng qulay va samarali moslamalardan biridir. Ushbu model aynan kattalar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, mustahkamlik, qulaylik va yuqori funksionallikni birlashtiradi.
Trenajyorning metall karkasi juda mustahkam bo‘lib, hatto intensiv mashg‘ulotlarda ham bemalol bardosh beradi. Uning barqaror tuzilishi mashq vaqtida qimirlamasdan, tebranmasdan ishlash imkonini beradi. O‘rindiq balandligi sozlanishi sababli, trenajyor turli bo‘y uzunligiga ega odamlar uchun mos keladi. Rul ham mos ravishda baland-past qilinadi, bu esa mashq vaqtida to‘g‘ri holatni tanlashga yordam beradi.

