Tavsif
Uvex suXXeed – butun ish kuni davomida ishonchli himoyani taʼminlovchi dinamik dizaynga ega sportcha himoya koʻzoynaklaridir. Korpusning puxta oʻylangan geometriyasi va qulay dastalar tufayli koʻzoynaklar yuqori shinamlikni kafolatlaydi va foydalanuvchilarga manzur boʻladi. Hatto faol jismoniy ish jarayonida ham uvex suXXeed oʻz joyida mahkam turib, himoyani taʼminlaydi. Yumshoq va egiluvchan burun qoʻyilmasi sirpanishsiz hamda bosimsiz qulay oʻtirishni kafolatlaydi. Zarurat tugʻilganda, koʻzoynaklarni chang va kirdan himoya qiluvchi qoʻshimcha ramka bilan jihozlash mumkin.
Material:
- Linza: uvex supravision qoplamali (bugʻlanish va tirnalishga chidamli) polikarbonat
- Korpus (ochki ramasi): metall ishlatilmagan
Standartlar:
- EN 166 (koʻzni individual himoya qilish vositalari)
- EN 170 (ultrabinafsha nurlanishdan himoya qiluvchi filtr)
Xususiyatlari:
- Qulay fiksatsiya uchun yumshoq uchlarga ega ergonomik dastalar
- Shinam va barqaror oʻtirish uchun yumshoq hamda egiluvchan burun qoʻyilmasi (nosorog)
- Chang va kirdan saqlanish uchun qoʻshimcha ramka oʻrnatish imkoniyati
- UV400 – 400 nm gacha boʻlgan xavfli ultrabinafsha nurlardan 100% himoya
Parvarishlash:
- Yumshoq salfetka bilan artilsin
- Quruq, quyosh nurlari toʻgʻridan-toʻgʻri tushmaydigan joyda saqlansin
Qoʻllanish sohalari:
- Ishlab chiqarish sexlari
- Kuchli UV-nurlanish ostida, ochiq havoda bajariladigan ishlar
- Changli sharoitlardagi ishlar
- Omborxonalar va ustaxonalar