Tavsif
Uvex sportstyle himoya koʻzoynaklari – zamonaviy sportcha dizayn va yuqori funksionallikning innovatsion uygʻunligidir. Yengil konstruksiya, CBR65 texnologiyasiga ega linzalar va qulay oʻtirish ushbu koʻzoynaklarni ham bino ichida, ham ochiq havoda har kuni foydalanish uchun ideal qiladi. CBR65 linzalari kontrastni yaxshilaydi, koʻz toliqishini kamaytiradi va 450 nm toʻlqin uzunligida koʻk rang darajasini 50% gacha pasaytiradi, bu esa yorqin yorugʻlik sharoitida yoki ekranlar bilan ishlashda koʻzga ogʻirlik tushirmaydigan koʻrinishni taʼminlaydi.
Materiallar:
- Linza: polikarbonat
- Korpus (ochki ramasi): plastik, metall elementlarsiz (metall qismlardan xoli)
Korpus (ochki ramasi):
- Rangi: oq / qora
- Markirovka: W 166 FT CE
Linza:
- Rangi: och jigarrang (CBR65)
- Qoplama: uvex supravision extreme – tashqi tarafdan tirnalishga chidamlilik va ichki tarafdan bugʻlanishdan uzoq muddatli himoya
- UV-himoya: UV400
- Markirovka: 5-1.4 W1 FTKN CE
Standartlar:
- EN 166 – koʻzni individual himoya qilish vositalari
- EN 172 – sanoatda qoʻllaniladigan quyosh nurlaridan himoya qiluvchi svetofiltrlar
Xususiyatlari:
- Yengil va ergonomik
- CBR65 linzalari: kontrastni oshirish, koʻk rang va ultrabinafsha (UV) nurlardan himoya
- Yorqin yorugʻlik sharoitida, ekranlar va nur qaytaruvchi yuzalar qarshisida foydalanishga mos keladi
- Yumshoq, sozlanadigan burun qismi va sirpanmaydigan dastalar (uvex duo component technology)
- Mexanik taʼsirlardan kuchli himoya
- Bosimsiz va charchoqsiz uzoq vaqt taqib yurishga mos keladi