Tavsif
Uvex sportstyle CBR23 – innovatsion himoya koʻzoynaklarining yangi avlodidir: sportcha dizayn, maksimal funksionallik va qulaylik. Yengil va shinam boʻlib, maxsus CBR23 linzasi tufayli quyosh nuridan yuqori himoya qilinishini taʼminlaydi va koʻz toliqishini kamaytiradi. Ushbu linza kontrastni oshiradi, koʻk rang taʼsirini kamaytiradi hamda hatto yorqin quyosh nurida ham koʻzga ogʻirlik tushirmaydigan, aniq koʻrinishni taʼminlaydi. Ochiq havoda ishlash uchun ideal darajada mos keladi.
Material:
- Linza: Polikarbonat (PC)
- Korpus (ochki ramasi): Plastik, metall elementlarsiz (metall qismlardan xoli)
- Qoplama: uvex supravision – ichki tarafdan bugʻlanishdan himoya, tashqi tarafdan tirnalishga chidamlilik
Korpus (ochki ramasi) rangi:
Linza rangi:
- Jigarrang (CBR23), yorugʻlik oʻtkazuvchanligi – 23%
Qulaylik:
- Yumshoq, sozlanadigan burun qismi (nosorog) bosimsiz qulay va barqaror oʻtirishni taʼminlaydi
- Yumshoq qoʻyilmali ergonomik dastalar va peshona qismidagi amortizatsiya qiluvchi qoplama sirpanishsiz ishonchli oʻtirishni kafolatlaydi
- Yengil vazn va linzalarning universal shakli har qanday yuz tuzilishiga yaxshi oʻtirishini taʼminlaydi
Standartlar:
- EN 166 (koʻzni individual himoya qilish vositalari)
- EN 172 (sanoatda qoʻllaniladigan quyosh nurlaridan himoya qiluvchi filtrlar)
- TR TS 019/2011
Markirovka:
- W 166 FT CE – 5-2.5 W1 FTKN CE
Himoya xususiyatlari:
- UV400 – 400 nm gacha boʻlgan UVA va UVB nurlaridan 100% himoya
- Koʻk rangni filtrlash: 450 nm toʻlqin uzunligida 95% gacha
- Ranglarni optimal darajada uzatish va tasvir aniqligi
- Yorqin yorugʻlik sharoitida koʻz toliqishini kamaytirish