Tavsif:
uvex pheos nxt himoya ko‘zoynagi – klassik sport uslubi, yengillik va ishonchli himoya uyg‘unligidir. Dastalarning o‘ziga xos shakli hatto murakkab vazifalarni bajarishda ham yuzga mustahkam yopishishni ( ushlanishni) ta'minlaydi. Dastalardagi perforatsiya (tirqishlar) ventilyatsiyani yaxshilaydi, panoramali linza esa tasvirlarni buzmasdan keng ko‘rinish burchagini beradi. CBR23 filtri kontrastni oshiradi, ko‘k nur ta'sirini kamaytiradi va yorqin quyosh nuri ostida ko‘z charchashini kamaytiradi.
Material:
- Linza: Polikarbonat
- Ochki ramkasi (Frama): Plastik
Ochki ramkasi:
- Rangi: Oq / qora
- Markalanishi: W 166 FT CE
Linza:
- Rangi: Jigarrang (CBR23)
- Qoplamasi: uvex supravision excellence – ichki tarafdan bug‘lanishdan (terlashdan) himoya, tashqi tarafdan tirnalish va ximikatlarga chidamlilik
- UV-himoya: UV400 – UVA, UVB va UVC nurlaridan 100% ishonchli himoya
- Markalanishi: 5-2.5 W1 FTKN CE
Standartlar:
- EN 166 – ko‘zlarni shaxsiy himoya qilish
- EN 172 – sanoatda foydalanish uchun quyoshdan himoya qiluvchi filtrlar
Xususiyatlari:
- CBR23 filtri 450 nm gacha bo‘lgan ko‘k nurni 95% gacha bloklaydi (to‘sadi)
- Dastalarning yumshoq uchlari va ergonomik shakli qulaylik hamda ishonchli o‘tirishni ta'minlaydi
- Dastalardagi perforatsiya hisobiga kengaytirilgan ventilyatsiya tizimi
- Metall neytral dizayn – yengil va xavfsiz
- Yorqin quyosh ostida ochiq havoda ishlash uchun juda mos keladi