Tavsif:
uvex pheos cx2 himoya ko‘zoynagi – sport uslubidagi dizayn va maksimal darajadagi himoya uyg‘unligidir. Linzaga integratsiya qilingan (birlashtirilgan) yumshoq zichlagichli innovatsion x-tended eyeshield texnologiyasi yuz shakliga aniq moslashgan holda ko‘zlarni chang va namlikdan samarali himoya qiladi. Yumshoq dastalar va sozlanuvchan burun tayanchi uzoq vaqt taqib yurilganda ham yuqori qulaylikni ta'minlaydi.
Material:
- Linza: Polikarbonat
- Ochki ramkasi (Frama): Plastik
Ochki ramkasi:
- Rangi: Oq / qora
- Markalanishi: W 166 FT CE
Linza:
- Rangi: Kulrang 14%
- Qoplamasi: uvex supravision excellence – ichki tarafdan bug‘lanishdan (terlashdan) himoya, tashqi tarafdan tirnalish va ximikatlarga chidamlilik
- UV-himoya: UV400 – UVA va UVB nurlaridan 100% ishonchli himoya
- Markalanishi: 5-3.1 W1 FTKN CE
Standartlar:
- EN 166 – ko‘zlarni shaxsiy himoya qilish
- EN 172 – sanoatda foydalanish uchun quyoshdan himoya qiluvchi filtrlar
Xususiyatlari:
- x-tended eyeshield texnologiyasi yordamida ko‘zlarning innovatsion himoyasi
- Qulay o‘tirishni ta'minlovchi yumshoq dasta uchlari va sozlanuvchan burun tayanchi
- Butunlay metall elementlarsiz konstruksiya
- Ishlab chiqarish, logistika, qurilish va ochiq havoda uzoq vaqt taqib yurish uchun juda mos keladi