Tavsif:
uvex i-works – bu uvex mahsulotlar qatorining eng yaxshi xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan yengil va sport uslubidagi himoya ko‘zoynagidir. Panoramali linzalari keng ko‘rinish burchagi va uzoq vaqt taqib yurilganda ham maksimal qulaylikni ta'minlaydi. uvex supravision excellence qoplamasi ko‘p marotaba tozalangandan keyin ham bug‘lanish (terlash)ga qarshi chidamlilikni kafolatlaydi, ikki komponentli texnologiyaga ega yumshoq dastalar esa bosimsiz va sirg‘alib ketmasdan qulay o‘tirishni ta'minlaydi.
Material:
- Linza: Polikarbonat (PC), qoraytirilgan 23%
- Ochki ramkasi (Frama): Plastik (antratsit/kulrang), metall elementlarsiz
Standartlar:
- EN 166 (ko‘zlarni shaxsiy himoya qilish vositalari)
- EN 172 (sanoatda foydalanish uchun quyosh nurlanishidan himoya qiluvchi filtrlar)
- Markalanishi: W 166 FT CE – 5-2.5 W 1 FTKN CE
Xususiyatlari:
- Sport uslubidagi dizayn va mustahkam sifat
- Metall elementlar mavjud emas
- Shnur (ip) mahkamlash uchun teshigi bo‘lgan yassi dasta uchlari
- Keng ko‘rinish maydoni uchun panoramali linza
- Ichki tarafdan bug‘lanishga qarshi, tashqi tarafdan esa tirnalish va ximikatlarga chidamli qoplama (uvex supravision excellence)
- Komfort va ishonchli mahkamlanishni ta'minlaydigan yumshoq ikki komponentli dastalar
- UV400 himoya
Parvarishlash:
- Yumshoq mato yoki linzalar uchun maxsus salfetkalar bilan artilsin
- Agressiv erituvchilardan (rastvoritellardan) foydalanishdan saqlaning
Qo‘llanish sohalari:
- Qurilish va montaj ishlari
- Sanoat korxonalari
- Yorqin quyosh nuri ostida ochiq havoda ishlash
- Laboratoriyalar