Tavsif:
uvex i-3 s himoya ko‘zoynagi – uvex i-3 modelining yengillashtirilgan va toraytirilgan versiyasidir. Individual ravishda moslashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan ergonomik dizaynga ega. Peshona qismidagi yumshoq qo‘yilma va moslanuvchan quloq orqasi dastalari ko‘zoynakning qulay va ishonchli taqilishini ta'minlaydi. Sozlanuvchan burun tayanchi (nosoupor) ko‘zoynakning sirg‘alib ketishini oldini oladi va mahkam o‘tirishini ta'minlaydi. Chang va mayda zarrachalardan qo‘shimcha himoya qilish uchun zichlagich-qo‘yilma (uplotnitel) bilan birga ishlatishga mos keladi.
Material:
- Linza: Polikarbonat
- Ochki ramkasi (Frama): Plastik, metall elementlarsiz
Umumiy xarakteristikalari:
- Sozlanuvchan, premium-klassdagi ko‘p funksiyali himoya ko‘zoynagi
- Uvex firmasinig sinovdan o‘tgan "supravision" qoplama texnologiyasiga ega mustahkam polikarbonat linza — doimiy bug‘lanish (terlash) va tirnalishlardan himoya
- Ramkaning qo‘shimcha qisqichli zichlagichi (uplotnitel) zarrachalar, kir va changdan qo‘shimcha himoyani ta'minlaydi
- Toraytirilgan versiya, shuningdek standart o‘lchamda ham mavjud
- Tarkibida metall mavjud emas (metallarsiz)
Qulaylik xususiyatlari:
- Qosh atrofidagi yumshoq astar, ergonomik shakldagi yon dastalar va dastalarning yumshoq tutqichi o‘zaro uyg‘unlashib, bosimsiz, qulay va ishonchli o‘tirishni ta'minlaydi
- Turli xil egilish burchagiga ega bo‘lgan yon dastalar individual moslashtirishning yuqori darajasini ta'minlaydi, bu esa har qanday yuz shakli va bosh kengligida ko‘zoynakning yaxshi o‘tirishiga imkon beradi
- Yumshoq va sozlanuvchan burun yostiqchasi ko‘zoynakni foydalanuvchiga moslashtirishga imkon beradi, bu esa qulay, sirg‘almaydigan va bosimsiz taqilishini ta'minlaydi