Yeva "Do‘stlik panjasi" hayvonlarni qutqarish markazida yordam beradi va atrofdagilarga ularning ajoyib ishlari haqida aytib berishga harakat qiladi. Bu safar Yeva markaz saytida o‘rdakchalar haqida onlayn kundalik yuritishga qaror qildi. Bu juda qiziq-ku! Yaqin atrofdagi daryodan o‘rdaklar oilasi hovuzga ko‘chib o‘tishga qaror qilgandi - bu haqiqiy sarguzasht roman edi! Ularning yo‘lida qancha xavf-xatarlar bor!
Ushbu muhim voqeadan bir necha kun o‘tgach, o‘rdak kundaligini diqqat bilan o‘qiyotgan qo‘shnilar Yevaga avval yo‘lda, keyin daryo bo‘yida kichkinagina sap-sariq tugunchani ko‘rganliklarini aytishdi. Nima bo‘ldi o‘zi? Nahotki bitta o‘rdakcha yo‘qolgan bo‘lsa?
Muqova: Qattiq
Sahifalar: 144

