Usulul fiqh ilmi shar’iy ahkomlarni chiqarib olish qoidalarini o‘rgatuvchi mo‘tabar ilm bo‘lib, eng nozik va ahamiyatli ilmlardan biridir. Islom shariati ulamolari bu ilmni nihoyatda yaxshi ko‘rganlar, chunki mujtahidlar bu ilmni ijtihod qilishga, shar’iy dalillar hamda manba’lardan hukmlarni chiqarib olishga asos qilib qo‘yganlar.
Usulul fiqh ilmi ijtihodning aslini, shar’iy fahmdagi tayanchini, uning hujjatini to‘g‘ri tushunishni va shar’iy ahkomlarni bilishni eng daqiq o‘lchovlarigacha o‘rgatuvchi asos ilmlardandir.

