Bu kitobda Allohga nisbatan muomalamiz qanday bo‘lishi kerakligini bilib olmoqchi ekanmiz, quyidagi savollarga javob topishga harakat qilamiz:
— Allohga itoat qilganimizda U Zotga qanday muomalada bo‘lishimiz kerak?
— Allohga osiylik qilgan paytimizdachi?
— Alloh bizga ne’mat bergan paytdachi?
— Musibatga uchragan paytimizdachi?
Alloh taologa U Zot bizdan rozi bo‘ladigan holatda yetishish uchun U Zotga qanday muomalada bo‘lishimiz kerak?
Bu risolada Alloh taologa qanday muomalada bo‘lishimiz kerakligi haqida ko‘rsatmalar, mayoqlar, xotiralar bor ; Alloh taolo bilan muomalani go‘zal tarzda yo‘lga qo‘ygan,
U Zotga chinakam yetishish uchun jiddu jahd qilib yashayotgan zamondoshlarimiz haqida qissalar bor.

