Tavsif: Qo‘lingizdagi ushbu kitob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ibodat dunyolariga, axloqiy hayotlariga va insoniy aloqalariga doir go‘zalliklarni o‘z ichiga oladi. Unda u zot alayhissalomning ulug‘ shaxsiyatlaridagi betakror xususiyatlar o‘ziga xos tarzda tadqiq etilgan. Zero, insoniyatning eng ulug‘i Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hayoti to qiyomatgacha biz ummatlar uchun ibrat maktabidir. Ushbu asar har bir o‘quvchini saodat asri sari yetaklaydi va komil inson bo‘lish sirlarini o‘rgatadi.

