soni: 6 dona •
Rang: Oq
AfzalliklariHamasi zor
IzohAssalomu alaykum!
Bu proyektorni sotib olganimdan juda xursandman. Tasvirlari chiroyli va aniq, yulduzli osmon effekti esa xonaga juda yoqimli muhit beradi. Slaydlarni almashtirish va proyeksiya yo‘nalishini sozlash ham juda qulay.
Mahsulotni olganimdan keyin uni Uzumdagi topshirish punktida tekshirib ko‘rdim. U yerda xona juda yorug‘ bo‘lgani uchun proyeksiya unchalik yaxshi ko‘rinmadi. Avvaliga proyektor yaxshi ishlamayapti deb o‘yladim.
Keyin uyga olib kelib, qorong‘i xonada yoqib ko‘rdim. Natijasi umuman boshqacha bo‘ldi juda chiroyli, tasvirlari aniq va yulduzlar juda yaxshi ko‘rindi.
Men buni qizimga sovg‘a sifatida olgandim. U sovg‘ani ko‘rib juda xursand bo‘ldi. Umuman olganda, xariddan mamnunman, ayniqsa qorong‘i xonada juda chiroyli ko‘rinadi.
Sotuvchining javobi
Assalomu alaykum!
Fikringiz va samimiy sharhingiz uchun katta rahmat! Mahsulotni qorong‘i xonada sinab ko‘rib, natijadan mamnun bo‘lganingizdan juda xursandmiz. Ayniqsa, qizingizga sovg‘a sifatida yoqqani biz uchun juda quvonarli!
Xaridingiz uchun rahmat! Sizga va qizingizga yoqimli foydalanish tilaymiz!