O‘n ikki yoshli Emili Shamolparast onasi bilan pristanda qayiqda yashaydi, lekin suzishni bilmaydi, chunki qizning onasi uning suvga yaqinlashishiga mutlaqo qarshi. Maktabda suzish darslari boshlanganda, Emili hayratlanarli kashfiyotga duch keladi: uning oyoqlari dumga aylanishi mumkin! Yangi suv parisi dugonasi Emili bilan birga dengiz xalqi bilan tanishish, o‘zining tug‘ilish sirini aniqlash va aslida kim ekanligini bilish uchun sirli suv osti dunyosiga sayohatga chiqadi.

