«Урфин Джюс и его деревянные солдаты» - Aleksandr Volkovning Sehrli mamlakat haqidagi mashhur turkumining ikkinchi kitobi. Yovuz va badjahl duradgor Urfing Jyus sehrli kukun yordamida yog‘och askarlarni tiriltirib, Sehrli mamlakatni zabt etishga qaror qiladi. Asirga tushib qolgan Somonqoq va Temir O‘rmonchiga yordam berish uchun Elli va uning tog‘asi, dengizchi Charli Blek yo‘lga chiqadi. Do‘stlar yog‘och askarlar qo‘shiniga qarshi turib, Sehrli mamlakat aholisiga tinchlikni qaytara oladilarmi?

