Yopishqoq bo‘lmagan, yaltirab turuvchi lab tinti lablarda mayda shimmеr zarrachalari bilan qulay va yorqin qoplama hosil qiladi. Yorug‘likda zarrachalar chiroyli jilolanib, lablarga nafis yaltirash beradi.
Uzoq vaqt saqlanuvchi tint marvaridsimon jilva va yaltiroq effekt beradi. Yog‘simon teksturasi lablarga bir tekis surtiladi, oqib ketmaydi va yopishqoq his qoldirmaydi. Qulay strelka shaklidagi aplikator vositani lablarga bir tekis taqsimlashga yordam beradi.
Tint lablarni namlaydi va yumshatadi, quruqlik hissini keltirib chiqarmaydi. So‘rilgandan keyin ham lablarda yengil rang qoldiradi. Tarkibida parabenlar va sulfatlar mavjud emas.
Rang:
№3 Glow Day — ko‘kimtir va pushti-oltin rangli yaltirashlarga ega sovuq liloviy-pushti rang.
Asosiy faol komponentlar:
Zaytun moyi — karotinoidlar va yog‘ kislotalariga boy. Lablarning qurishi va qipiqlanishiga qarshi yordam beradi, oziqlantiradi va namlaydi.
Na’matak moyi — qipiqlanish va tirnashishni kamaytirishga yordam beradi, quruq terini oziqlantiradi, namlaydi va yumshatadi. Hujayralarning yangilanish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi hamda mayda yoriqlarni tiklashga yordam beradi.
Skvalan — terini tinchlantiradi va namlaydi, namlikning bug‘lanishini kamaytirishga yordam beradi. Terini oziqlantiradi va qarish jarayonini sekinlashtirishga ko‘maklashadi.
Jojoba moyi — terining tiklanish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi, suvsizlanish va qipiqlanishga olib keluvchi shikastlanishlardan himoya qilishga yordam beradi.
Avokado moyi — terini oziqlantiradi va tiklaydi, yumshatadi, yallig‘lanish belgilarini kamaytirishga hamda elastiklikni saqlashga yordam beradi.
Tokoferol (E vitamini) — terini silliqroq ko‘rinishga keltirishga, tonusini yaxshilashga va tiklanish jarayonini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Qipiqlanishni kamaytiradi va terining lipid muvozanatini saqlashga ko‘maklashadi.

