Yopishqoq bo‘lmagan, yaltirab turuvchi lab tinti lablarda mayda shimmеr zarrachalari bilan qulay va yorqin qoplama hosil qiladi. Yorug‘likda zarrachalar chiroyli jilolanib, lablarga nafis yaltirash beradi.
Uzoq vaqt saqlanuvchi tint marvaridsimon jilva va yaltiroq effekt beradi. Yog‘simon teksturasi lablarga bir tekis surtiladi, oqib ketmaydi va yopishqoq his qoldirmaydi. Qulay strelka shaklidagi aplikator vositani lablarga bir tekis taqsimlashga yordam beradi.
Tint lablarni namlaydi va yumshatadi, quruqlik hissini keltirib chiqarmaydi. So‘rilgandan keyin ham lablarda yengil rang qoldiradi. Tarkibida parabenlar va sulfatlar mavjud emas.
Rang:
№1 Blink — oltinrang va opal yaltirashlarga ega iliq mandarin rang.
Asosiy faol komponentlar:
Zaytun moyi — karotinoidlar va yog‘ kislotalariga boy. Qipiqlanish va quruqlikni kamaytirishga yordam beradi, lablarni oziqlantiradi va namlaydi.
Na’matak moyi — qipiqlanish va tirnashishni kamaytiradi, quruq terini oziqlantiradi, namlaydi va yumshatadi. Hujayralarning yangilanish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi hamda mayda yoriqlar va shikastlangan joylarning tiklanishiga yordam beradi.
Skvalan — terini tinchlantiradi va namlaydi, namlikning bug‘lanishini kamaytirishga yordam beradi. Terini oziqlantiradi va qarish jarayonini sekinlashtirishga ko‘maklashadi.
Jojoba moyi — terining tiklanish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi, suvsizlanish va qipiqlanishning oldini olishga ko‘maklashadi.
Avokado moyi — terini oziqlantiradi va tiklaydi, yumshatadi, yallig‘lanish belgilarini kamaytirishga hamda terining elastikligini oshirishga yordam beradi.
Tokoferol (E vitamini) — terini silliqlashga, tonusini yaxshilashga va tiklanish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. Qipiqlanishni kamaytiradi va terining lipid muvozanatini saqlashga ko‘maklashadi.

