ZN56_TV2 V2.5 — bu ixcham va foydalanishga juda qulay 2 simli raqamli panel voltmetri boʻlib, 4,7 V dan 30 V gacha boʻlgan oʻzgarmas tok (DC) kuchlanishini oʻlchaydi va oʻz quvvatini ham shu oʻlchanayotgan manbadan oladi. Yorqin LED displeyi va panelga oʻrnatiladigan korpusi sababli avtomobillar, mototsikllar, akkumulyator tizimlari hamda DIY loyihalarda kuchlanishni kuzatib borish uchun juda mos keladi.
Asosiy xususiyatlari:
- 2 simli oddiy ulanish: Qoʻshimcha quvvat manbai talab qilinmaydi — faqat oʻlchanadigan manbaga ulanadi.
- Oʻlchash diapazoni: 4,7 – 30 V DC (4,7 V dan past kuchlanishda displey yonmaydi).
- Yorqin LED displey: Kunduzgi yorugʻlikda ham raqamlar aniq va yorqin koʻrinadi.
- Panel mount: Boshqaruv panellari va korpuslarga oson montaj qilish.
- Ixcham dizayn: Kam joy egallaydi
- Qutb himoyasi (Reverse Polarity Protection): Qutblar almashib qolganda qurilma kuymaydi.
Texnik tavsifi (Spesifikatsiya):
- Model: ZN56_TV2 V2.5 (2-Wire)
- Oʻlchov va quvvat diapazoni: DC 4,7 voltdan – 30 Voltgacha DC
- Displey turi: Raqamli LED (odatda kok)
- Ulanish tizimi: 2 simli (quvvat va oʻlchash birga)
- Aniqlik bosqichi: Standard 0,1 V
Oʻrnatish:
Tashqi Olchamlari: 47 x 28 x 23 mm
O'rnatish teshigi: 45 x 26 mm
- Ishchi harorati: -10°C dan +65°C gacha
- Simlar: 2 ta sim — Qizil (+) va Qora (-)
Qoʻllanilishi:
- 12V / 24V avtomobil va mototsikl akkumulyatorlarini monitoring qilish
- Quyosh panellari va akkumulyator zaryad darajasini koʻrib turish
- DIY quvvat manbalari (blok pitaniya) va elektronik test stendlari
- Li-ion, LiFePO₄ va qoʻrgʻoshin-kislotali batareyalar kuchlanishini nazorat qilish
