Mahsulot tavsifi
Antijir (yog‘ tozalovchi vosita) — tarkibidagi kompleks biologik fermentlar yordamida yog‘li kirlarni tez va chuqur parchalovchi samarali tozalash vositasi. Faol moddalar yuzaga tez singib, oshxonadagi yashirin va qattiq yog‘ dog‘larini ham osonlik bilan eritadi. Jihoz va sirtlarga muloyim ta’sir qiladi, turli xil yog‘li ifloslanishlarni to‘liq tozalaydi.
Asosiy tarkibi
- Kompleks biologik fermentlar
- Yuza-faol moddalar (PAV)
- Emulgatorlar
Qo‘llanilish sohasi
Quyidagi sirtlar uchun mos:
- Gaz plita, pech
- Vityajka va plitka devorlar
- Zanglamaydigan po‘lat (stainless steel)
- Rakovina, stol usti
- Pol, deraza va oynalar
- Muzlatgich
Foydalanish tartibi
- Himoya qo‘lqoplarini kiying, purkagich nozolini ON holatiga o‘tkazing va ifloslangan joyni to‘liq qoplaguncha seping.
- 2–3 daqiqa kuting — shu vaqt ichida yog‘ yumshaydi va parchalanadi.
- Nam latta yoki shvabra bilan ehtiyotkorlik bilan arting.
- Tozalash tugagach, idishni artib qo‘ying va purkagichni OFF holatiga qaytaring.
Ehtiyot choralari
- Ichib yuborishdan saqlaning.
- Ko‘zga tekkizmaslikka harakat qiling. Agar ko‘zga tushib qolsa, darhol ko‘p miqdorda suv bilan yuvib, shifokorga murojaat qiling.
- Majburiy ravishda qo‘lqopda ishlating.
- Baland joylarni tozalashda vositani bevosita sirtga emas, balki latta yoki tozalash vositasiga seping.
- Boshqa tozalovchi vositalar bilan aralashtirmang.
- Shikastlangan yoki yorilgan buyumlarda ishlatmang.
- Bo‘yalgan sirtlar bilan uzoq vaqt aloqa qildirmang.
Ishlatish mumkin emas:
- Yog‘och buyumlar
- Alyuminiy sirtlar
- Marmar
- Rux bilan qoplangan buyumlar
Saqlash shartlari
- Quyosh nuri tushmaydigan, shamollatiladigan joyda, xona haroratida saqlang.
- Bolalar va uy hayvonlari qo‘li yetmaydigan joyda tuting.