«Uning koʻzlari» romani demokratik harakatga va yashirin ozodlik yoʻlidagi faoliyatga bagʻishlangan. Asar qahramoni Mokon irodasi mustahkam, tanlagan yoʻlidan qaytmas, qiyinchiliklardan choʻchimaydigan sardor.
Romanning ikkinchi qahramoni Farangis esa boy xonadon vakili boʻlib, hayotda oʻz oʻrnini topa olmaydi. Mokonga boʻlgan qattiq va samimiy muhabbati tufayli u ham ozodlik harakatiga qoʻshiladi va bu yoʻlda oʻzini fido qiladi.
Boʻzoʻrg Alaviyning ushbu asari sevgi, iztirob va ijtimoiy adolat orzusi uygʻunlashgan adabiy shohasardir. Asar ilk bor 1952 yilda nashr etilgan boʻlib, bugunga qadar fors adabiyotining eng muhim klassik namunalaridan biri sifatida oʻqilib kelinmoqda.
Roman oʻquvchini XX asrning avvalgi oʻn yilliklaridagi Eron jamiyati, siyosiy bosimlar va yashirin kurashlar sahnasiga olib kiradi. Asar jamiyatda ziyolilarning masʼuliyati, ayollarning ichki dunyosi va erkinlik yoʻlidagi intilish mavzularini oʻz ichiga oladi.
«Uning koʻzlari» - nafaqat shaxsiy qismat haqidagi roman, balki butun bir davr ruhiyatini, inson orzulari va iztiroblarini oʻzida mujassam etgan asar.
Kitob nomi: Uning ko‘zlari
Kitob muallifi: Bo‘zo‘rg Alaviy
Kitob tarjimoni: Ahmadjon Quranbekov
Kitob janri: Ijtimoiy-siyosiy
Turkum: Roman
Yosh chegarasi:
Betlar soni: 320
Tili: Oʻzbek
Alifbosi: Kirill
Muqovasi: Yumshoq
Kitob formati: A5
Kitob o‘lchamlari:
bo‘yi: 21 sm
eni: 13.5 sm
qalinligi: 2 sm
Nashrga tayyorladi: Nasim Kutub
Nashr qilingan yili: 2025
Chop etildi: Matsis matbaa bosmaxonasi
Narxi:

