"Umumiy kimyo 11-sinf" o‘quv qo‘llanmasi umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 2018-yilgi o‘quv dasturiga muvofiq tayyorlangan. Kitobda umumiy kimyoning asosiy nazariyalari, kimyoviy reaksiyalar qonuniyatlari, eritmalar, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, organik va noorganik moddalarning muhim xossalari, amaliy masalalar hamda laboratoriya ishlari batafsil yoritilgan.

