Ushbu kitob ilhomlantiruvchi va ruhiy-ma’naviy quvvat beruvchi asar hisoblanadi. Kitob insonni qiyinchiliklar, sinovlar va hayotdagi turli og‘ir vaziyatlar qarshisida umidni yo‘qotmaslikka chorlaydi
Muallif kitobda Qur’oni Karim oyatlari, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hadislari, sahobalar va ulamolar hayotidan olingan voqealar orqali o‘quvchini ruhlantiradi. U inson qalbiga tasalli beradi, Allohning rahmati cheksiz ekani va har bir musibat ortida yaxshilik borligini ta’kidlaydi
Kitobdagi har bir bob ijobiy fikrlash, sabr-toqat, tavakkul va Allohga yaqinlashishga bag‘ishlangan. U o‘quvchiga nafaqat diniy, balki psixologik jihatdan ham tayanch va yo‘l-yo‘riq beradi

