«Ijod - izlanish demak. Izlangan ijodkor o‘z ovozi, o‘ziga xos tasvir usuliga ega bo‘ladi.
Umid Ali hikoyalaridagi ayni shu holat meni quvontirdi. Ayniqsa, voqelikni odamlar emas, “predmetlar” nigohi orqali tasvirlash, mushohada qilish va shu orqali ro‘y berayotgan voqelikka, atrofimizdagi insonlarga baho berish, to‘g‘rirog‘i, “baho”ni tagmaʼnoga yashirib, odamzodning buyukligi va tubanligi haqida xulosa chiqarishni o‘quvchining o‘ziga havola qilish Umidning hikoyalarini jozibali qiladi.
Yosh adibning tili ravon, tasviri tiniq, tuyg'ulari pok.... O'ylaymanki, Umid Ali o‘z uslubi, o‘z ovoziga ega qalamkash sifatida kitobxonlar hurmatiga ega yozuvchi bo‘ladi»

