Yozuvchi Ahmad Muhammad Tursunning «Hilol-nashr» nashriyoti tomonidan taqdim etilgan «Siz qanday yashamoqchisiz?» kitobi o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindiva bir necha marta ko‘p nusxada nashr etildi. Shundan so‘ng muxlis o‘quvchilardan muallifga «Bu asar hozirda yashashni o‘rgatuvchi kitob bo‘libdi, qaniydi o‘tmishda hayot kechirgan ulug‘ ajdodlarimizning hayotlari, qay tarzda yashaganlari, axloq va fazilat bobida nimalarga e’tibor berganlari haqida bir kitob yozilsaydi, avvalgisini to‘ldiruvchi asar bo‘lardi» ma’nosidagi taklif-mulohazalar tusha boshladi.

