Ulug bek Hamdamning ushbu romani ham "Muvozanat" romani kabi insonni, uning borligini, mohiyatini, bu foniy olamdagi o'rnini tahlil qiladi. Asarni o'gir ekansiz, ortingizga o'girilib, o'tgan umringizni mushohada qilasiz, kelajakka bogib ezgu ishlar uchun bel bog'laysiz!
"Isyoni yo'q galbning Itoati ham bo'lmagay". Keyin andak o'ylanib turdi-da, daftarning ilk sahifasini ochib, katta harflar bilan yozilgan
"ISYON..." sozining yoniga "ITOAT" deb qo'shib qo'ydi. Akbar bu nomni necha yillardan beri gidirardi, biroq topmagandi. Nihoyat mana u!.. -
"ISYON va ITOAT", mana u - inson bolishlikning goyat mashaqgatli yoli, mana u - odamzod peshonasiga bitilgan qismat...
Yugoridagi parchadan ko'rinib turibdiki, adib "Isyon va itoat" romanida isyon va itoatning inson botinidagi kurashlari orqali yoritishga intilganligi yaggol ravshan. Asardagi Tabib, Akbar, Tursunboy, Diana obrazlaridagi o'ziga xosliklar bilan bir qatorda, ularning ijtimoiy muhitdagi o'rni orqali, fikr-mulohazalari, ruhiyatidagi ziddiyatlar asosida "isyon" va
"itoat" tushunchalari talgin etiladi.
Asarning asosiy qahramonlardan biri - tabibda insoniy fazilat
bilan bir vaqtda o'z kasbiga bo'lgan mehr tushunchasining o'zaro mujassam ekanini guvohi bolasiz. Yillar davomida iztirobda yashaganligi tufayli qalbida isyon bo'lsa-da, ongi-yu zchnida odam va olamga muhabbati yetakchilik qiladi. Uning mahan shogirdi Akbarning esa qalbi hali-hamon
"isyon" bilan tola edi.
Xo'sh, Akbar qalbidagi bu "isyon"dan qanday qutuladi?
Bu yo'lda qanday to 'siglarga duch keladi?
Oilasi, yaginlari uning bu maqsadiga qanday munosabatda bo'ladi.
Bu kabi savollarga asarni o' qish davomida javob topasiz.

