To‘plamga jahonga mashhur yozuvchi, Nobel mukofoti sovrindori Gabriel Garsia Markesning eng yaxshi hikoyalari kiritilgan. Bu hikoyalarda adibning maftunkor realizmi mukammal darajaga ko‘tarilgan. Hikoyalar o‘zining sayqallangan uslubi, shakl mukammalligi, muallif g‘oyalarini nihoyatda aniq ifodalashi bilan o‘quvchini lol qoldiradi.

