Zamonaviy dunyoda eng qimmatli ko‘nikma bu tez o‘rganish qobiliyatidir. Muallifning MITdek nufuzli dargoh dasturini bir yilda o‘zlashtirgani yoki bir necha xorijiy tillarni qisqa muddatda o‘rgangani tasodifiy muvaffaqiyat emas, balki samaradorligi isbotlangan maxsus tizim natijasidir.
Kitobning markaziy g‘oyasi – “Ultrao‘rganish” strategiyasi bo‘lib, u murakkab bilimlarni qisqa vaqt ichida chuqur egallash imkonini beradi. Skott Yang ushbu maqsadga erishish uchun 9 ta asosiy tamoyilni taklif etadi.
Kitobda poliglotlar, mahoratli dasturchilar va jahon chempionlarining real tajribalari tahlil qilinib, nazariy bilimlar amaliy tajribalar bilan asoslab berilgan.
Bu kitob o‘z ustida ishlayotgan, vaqtini bekorga sarflamaslikni istaydigan va bilimini haqiqiy natijaga aylantirmoqchi bo‘lgan har bir kitobxon uchun foydali tanlovdir.


